PRYASLINLAR
Atiqli rus yozuvchisi, adabiyotshunosi va publitsisti Fyodor Aleksandrovich Abramov (1920-1983) oʻzining sermahsul adabiy faoliyati davomida qishloq hayotiga koʻp qoʻl urdi. U «Uch qish va uch voz», «Xonadon», «Otlar nega yigʻlaydi», «Etiklar», «Oʻtmishga sayohat», «Qishloqning soʻnggi moʻysafidi», «Moviydkoʻz fil», «Yetimlik» kabi roman, qissa, hikoyalarida oddiy qishloq odamlari, ularning turmush tarzi, quvonch va tashvishlarini mohirona tarzda tasvirlaydi. Xususan, uning «Pryaslinlar» romanida ham ogʻir sinovlar davrida oddiy rus kishilarining matonati va jasorati qalamga olinadi. Asosan shimol oʻlkasida istiqomat qiluvchi asar qahramonlari tiynatidagi koʻtarinki ruh, shubhasiz, kitobxonga ham oʻzgacha zavq bagʻishlaydi.
