Kitobxonlar tanlovi

Peterburgdan Moskvaga sayohat

Rossiya ozodlik harakati tarixi Aleksandr Radishchev nomi bilan ochib beriladi. Radishchev Rossiyadagi mustabid krepostnoy tizim ziddiyatlarning tub ildizlarini birinchilardan boʻlib anglab yetdi va ezilgan xalq tarafini oldi. U oʻzining «Hurlik» nomli qasidasi bilan inqilobiy ruhiyatdagi sheʼriyatni boshlab berdi, «Tobolskda istiqomat qiluvchi doʻstimga xat», «Fyodor Vasilyevich Ushakovning umr yoʻli» va boshqa maqolalari bilan inqilobchi mutafakkir sifatida namoyon boʻldi. Biroq yozuvchining mustabid va krepostnoylik tizimiga boʻlgan nafrati «Peterburgdan Moskvaga sayohat» asarida yanada kuchli ifoda etilgan va bu asar Radishchevning rus inqilobiy harakatidagi hamda rus adabiyoti tarixidagi oʻrnini yaqqol koʻrsatib berdi. Bu «sayohat» yozuvchining turfa koʻrinishdagi barcha hayotiy tajribalarini oʻzida mujassam etgan, uning bilimlari va qiziqishlarining chinakam ensiklopedik xususiyatini aks ettirgan, oʻttiz yillik kuzatuvlari, Rossiya voqeliklarining eng turfa tomonlari, jahon va rus tarixi haqidagi mulohazalarini umumlashtirgan.

0 ta kitobxon bu asarni saqlab qo‘yishgan
0 ta kitobxon bu asarni o‘qib qaytargan
Til
O'zbek
Nashriyot
O‘zbekiston
Nashr joyi
Toshkent
Sahifalar soni
456
ISBN
9789943733350
Asarning yaratilgan yili
2021

Janrlar