PAGANINI QISMATI
Dunyoda shunday mashhur siymolar borki, ular xoh bugungi kunda hayot kechirayotgan boʻlsinlar, xoh yaqin, yo uzoq oʻtmishda yashab oʻtgan boʻlsinlar, turmushlari odamlarning koʻz oʻngida, jamiyat orasida kechganiga qaramasdan, ularning hayoti, ilmiy yoxud ijodiy faoliyatlari turli tuman mish-mishlar, ovozalar, afsonalar yuradi. Shunday shaxslardan biri 1782-1840-yillarda yashab oʻtgan italiyalik benazir bastakor va tengsiz skripkachi Niccolo Paganini dir. Mazkur romanda ijodkorning mashaqqatli, ziddiyatlarga va fojialarga toʻla hayoti, oʻzi yashagan turgan davr jamiyatining bu tengsiz isteʼdod sohibiga munosabati, uning sargardonlik yillari, mashhurlik choʻqqisiga chiqish yoʻlidagi misqolcha keladigan mevquriya shodlik-quvonchlari va bemisl, behisob azob-uqubatlarining badiiy bayoni oʻz ifodasini topgan. Tanigli rus yozuvchisi Anatoliy Vinogradov qalamiga mansub ushbu asar jahondagi juda koʻp tillarga qayta-qayta tarjima qilingan boʻlib, qahramonlarning ruhiyati, ichki kechinmalarining mahorat ila, rangin va serjilo ifodalardan bayon etilishi bilan ham butun dunyoda millionlab kitobxonlarning qalb toʻridan munosib joy olib kelmoqda.
