Kitobxonlar tanlovi

OʻZBEK QIZIMAN

Bugungi oʻzbek adabiyotiga umidli isteʼdodlarning kirib kelayotgani quvonarli hol. Ana shunday isteʼdodli yoshlarning ichida Shahzoda Orifjonovaning oʻz oʻrni va ovozi bor. Uning Vatan, Ona, insoniy tuygʻular haqida yozgan sheʼrlari adabiyotimizga yana bir isteʼdodning shijoat bilan kirib kelayotganligini koʻrsa-tib turibdi. U bolalik paytlaridan badiiy ijodga havasi bois dastlabki ijod namunalari bilan yosh ijodkorlar orasida tez koʻzga tashlandi. Uning mazkur sheʼriy toʻplamida shijoat va fidoiylikka toʻla qalbning vatanga, ota-onaga, doʻstlarga boʻl-gan muhabbatini koʻrish mumkin. Sheʼrlari ijtimoiy, haqqoniy koʻngil kechinmalari ekanligi bilan eʼtiborni jalb qiladi. Shahzoda Orifjonovaning ushbu sheʼriy guldastasi aziz kitobxonlar uchun chinakam tuhfa boʻladi degan umiddamiz.

0 ta kitobxon bu asarni saqlab qo‘yishgan
0 ta kitobxon bu asarni o‘qib qaytargan
Til
O'zbek
Nashriyot
Adabiyot nashriyoti
Nashr joyi
Toshkent
Sahifalar soni
54
Adadi
300
ISBN
9789910888281
Asarning yaratilgan yili
2025

Janrlar