OLIY MATEMATIKA
Ushbu darslik oliy oʻquv yurtlarining matematika fani dasturi asosida yozilgan va bakalavriat Davlat taʼlim standartlari talablariga mos keladi. Darslik uch jilddan iborat. Darslikning ikkinchi jildi oʻta boshdan iborat boʻlib, u oliy matematikaning bir necha oʻzgaruvchi funksiyasining differensial hisobi, bir necha oʻzgaruvchi funksiyasining integral hisobi, maydonlar nazariyasi elementlari, oddiy differensial tenglamalar, sonli va funksional qatorlar, kompleks oʻzgaruvchi funksiyalar nazariyasi elementlari, operatsion hisob elementlari, matematik fizika tenglamalari, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlari boʻlimlariga bagʻishlangan. Bu boʻlimlar zamonaviy xorijiy adabiyotlar va oʻqitish texnologiyalari tahlili asosida yaratilgan boʻlib, har bir mavzuni yozishda bir qancha xorijiy adabiyotlardan foydalanilgan, mavzular toʻliq yoritilgan, tegishli bilimlar talabalar tomonidan mustaqil oʻzlashtirishiga ularda koʻnikma va malakalarning shakllantirishiga hamda ijodiy qobiliyatni rivojlantirishiga yoʻnaltirilgan. Darslik lotin alifbosida yozilgan. Darslikda talaba asosiy tushunchalarni, taʼriflarni, teoremalarni va tipik masalalarni yechish usullarini koʻrsatuvchi misollarni topadi. Bunda biror tasdiqni isbot keltirilmagan boʻlsa, natijalarining ifodasi uning maʼnosini tushuntiradigan misollar bilan toʻldirilgan. Darslikning har bir mavzusi koʻp sondagi misol va masalalar yechimlarida tushuntirilgan, ularni oʻzlashtirishni mustahkamlashga
