Kitobxonlar tanlovi

Oilam bilan har kuni bir savob amal oʻrganaman

Ushbu asarda ibodatlar, oilaviy va jamiyat bilan aloqalar, qarindoshlik rishtalari, hayotning achchiq va shirin tomonlari, tijorat, boshqaruv, qoida-lar, insoniy tuygʻular va niyatlar, hadisi shariflar jilosida soliq amallar kamrovi keng yigʻib qilingandir. Shuningdek, kitobda sahobai kiromlar va aziz insonlarning oltin oʻgit-larida “savob egasi boʻlish” daʼvosining namunalaridan ham bahramand boʻlasiz. Hadisi shariflar matni va sharhi soʻngida ushbu navbatdagi tavsiyaning maʼ-mun-mohiyatiga mos hikmatli soʻzlar, ishonchli manbalardan kelgan duo va zi-krlarni ham ilova qildik. Bu esa kitobning yanada qiziqarli va oʻqishli boʻlishini taʼminlaydi. Muhtaram oʻquvchilarimizga foydalanishda qulay boʻlishi uchun savob amallar va man qilingan amallarga doir hadisi shariflarning umumiy maʼ-munini ifodalovchi sarlavhalar qoʻyishni maqsadga muvofiq deb bildik.

0 ta kitobxon bu asarni saqlab qo‘yishgan
0 ta kitobxon bu asarni o‘qib qaytargan
Til
O'zbek
Nashriyot
Yoshlar matbuoti
Nashr joyi
Тошкент
Sahifalar soni
352
Adadi
5000
ISBN
9789943947283
Asarning yaratilgan yili
2023