

Men kimning qurboniman?!
Asar voqeasi voyaga yetmagan 13 yoshli Gulshan ismli bir qizning qishloqdan shaharga — qarindoshinikiga mehmon boʻlib kelgan kundan boshlanadi. Asarni oʻqir ekansiz, shaharchasiga kiyinib, qarindoshi bilan istirohat bogʻini tomosha qilish uchun chiqqan va shu bogʻda qarindoshi tomonidan “unutilib” qoldirilgan bu qishloq qizining achchiq va ayanchli qismatini, uning oʻsmirlik davri va ayni gul yoshligining mahbuslikda oʻtishi voqealarining guvohi boʻlasiz. “Men kimning qurboniman?!...” muallif oʻzi taʼkidlaganidek, hayotiy voqealar asosida yaratgan ushbu asarida u insonlarni loqaydlik, firibgarlik, johillik va ilmsizlik kabi illatlardan pok boʻlishga, jamiyatda UYGʻOQ yashashga chaqiradi. Yuzlab, minglab Gulshanlar, aybsiz aybdor boʻlib, nohaq jabr chekkan, adolatsizlik qurboni boʻlgan insonlar tomonidan haqli ravishda berilgan “Men kimning qurboniman” degan savolga Omina Shenlikoʻgʻli keng va asosli fikrlar bilan javob berishga bel bogʻlaydi va buning uddasidan chiqadi.
Xususiyatlari
- Til
- O'zbek
- Nashriyot
- Zukko Kitobxon
- Nashr joyi
- Тошкент
- Sahifalar soni
- 256
- Adadi
- 3000
- ISBN
- 9789943802254
- Asarning yaratilgan yili
- 2022