Kitobxonlar tanlovi
MEN IZLAGAN QUVONCH
Tariximizda Nodirabegim–Mohlar Oyim, Jahon Otin, Zebunniso kabi xalqimiz sevgan shoiralarimiz oʻtganlar. Yangi davrda esa Zulfiyaxonim, Halima Xudoyberdiyeva, Oydin Hojiyeva, Farogʻat Kamol, Hurlibeka Rahimboeva, Muhtarama Ulugʻova kabi shoiralarimiz el muhabbatiga sazovor boʻldilar. Mana shu sevimli shoiralar davrasida oʻz ovozi, oʻz soʻzi, oʻz dardu armonlariga ega boʻlgan hassos shoiralarimizdan biri Bibisora Turobovadir. Ushbu toʻplamga shoiraning turli yillarda yozgan sheʼrlari jamlandi. Vatan muhabbati va sadoqati, ayol qalbi va tashvishlari, onalik tuygʻulari shoiraning sheʼrlarida nafis sanʼat ila ifoda etiladi. Kitob barcha sheʼrsevar oʻquvchilarla sevimli hamroh boʻladi, deb umid qilamiz.
0 ta kitobxon bu asarni saqlab qo‘yishgan
0 ta kitobxon bu asarni o‘qib qaytargan
Til
O'zbekNashriyot
AdabiyotNashr joyi
ТошкентSahifalar soni
256ISBN
9789943695702Asarning yaratilgan yili
2021