Kitobxonlar tanlovi

MARD OʻGʻLONLAR NOMI BARHAYOT

Necha-necha yillar, asrlar osha koʻhna tarix isbotlagan haqiqat shuki, inson oʻzini anglashi uchun, avvalo, shaxs sifatida ozod yashashi kerak. Bu ozodlikning mazmuni – ezgulikka intilish, mezoni – insonlarga naf keltirish, maqsadi – oʻz xalqi va Vatani uchun chinqurga dob berish demakdir. Jasoratning katta-kichigi boʻlmaydi. Oʻzbekistonimiz mustaqillikni qoʻlga kiritganiga tarixan qisqa vaqt – yigirma yetti yil boʻlgan esa-da, shu davrda Vatanning koʻplab asl farzandlari, xususan, mard harbiyalarimiz mustaqilligimizni asrash, yurtimiz tinchligini taʼminlash, xalqimizning qadr-qimmatli, or-nomusini himoya qilish, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi kurashlarda bukilmas iroda va jasorat namunisini namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi bilan yaratilgan qoʻlingizdagi ushbu kitob xalqimizning ana shunday botir, jasur va fidoyi farzandlari xotirasiga hurmat hamda ehtirom namunasi sifatida dunyoga keldi. Mazkur kitobda tilga olingan har bir dardonajon Oʻzbekistonimiz bugungi farovon kunlarga yetguncha ne-ne mashaqqatli yoʻllardan oʻtgani, el-yurtimiz boshiga turli sinovlar tushgani haqida hikoya qiladi. Zero, mustaqillikka erishish qiyin, ammo uni asrab qolish va mustahkamlash undan ham qiyin, desak, xato boʻlmaydi. Kitob sahifalari orqali barchamizning bugun tinch-xotirjam uydub chiqib ishga, oʻqishga borishimiz, tunda osuda orom olishimiz – bular oʻz-oʻzidan boʻlmasligini, tinchlik degan ulugʻ neʼmatni asrash yoʻlida fidoyilik koʻrsatib mehnat qilishimiz lozimligini va shu orqali tinchlikni yanada mustahkamlash mumkinligini teranroq anglaymiz. Xalqimiz chidam va ishonch bilan oʻz oldiga qoʻygan yuksak marralar va taraqqiyot sari ildamlar ekan, bizni bu buyuk va muqaddas yoʻldan chalqib ishga uringan turli yovuz niyatli kuchlarga ham duch keladi. El-yurtimiz oq-qorani koʻradi, yaxshi-yomonni kunlar bilan boshidan kechiradi. Har qanday ogʻir murakkab va mashaqqatli kunlarda ham oʻzi tanlagan ozodlik va ezgulik yoʻlidan ortga qaytmadi. Mustaqilligimizga qasd qilgan gʻarazli kuchlarga qarshi oʻzini yagona, mustahkam xalq sifatida namoyon etib, iroda, iymon va eʼtiqod sinovidan yorugʻ yuz bilan oʻtdi.

0 ta kitobxon bu asarni saqlab qo‘yishgan
0 ta kitobxon bu asarni o‘qib qaytargan
Til
O'zbek
Nashriyot
O‘zbekiston
Nashr joyi
Toshkent
Sahifalar soni
557
Adadi
10000
ISBN
9789943256507
Asarning yaratilgan yili
2018

Janrlar