Kitobxonlar tanlovi
Ikki Diana
«Ikki Diana» – tarixiy-sarguzasht roman boʻlib, XVI asr Fransiya tarixidagi koʻplab fojialarni aks ettiradi. Ushbu romanda oʻquvchini qiziqtiradigan barcha komponentlar mavjud. Bu yerda mudhish sirlar hamda maʼsuma qahramon ayol, makkorona fitnalarning qurboni – Diana de Kastro, yovuzlar dueti – Diana de Puatye hamda konnetabl Monmoransi, haqiqat uchun kurashchi – Gabriel Montgomeri va nihoyat, olihimmat gersog de Giz obrazlari mohirona ochib berilgan. Asarda katoliklar va protestantlarning oʻzaro diniy qarash-qarshiliklari koʻrsatilgan. Roman nafaqat urush haqidagi hikoyalar, ishqiy dramalar, saroy fitnalari bilan, balki ishonchli tarixiy tavsiflar bilan ham qiziq va ahamiyatlidir.
0 ta kitobxon bu asarni saqlab qo‘yishgan
0 ta kitobxon bu asarni o‘qib qaytargan
Til
O'zbekNashriyot
Yangi asr avlodiNashr joyi
ToshkentSahifalar soni
784Adadi
2000ISBN
9789943278035Asarning yaratilgan yili
2022