

Dorian GreYNING portreti
Asar qahramoni Dorian Grey yosh, beg'ubor va bir ko'rishda barchaning mehri tushadigan darajada chiroyil, israli. U o'z portretini kuzatayotgan va lord Genri kabi bu dunyoning, bu odamlarning butun ikkir-chikirilarini anglagan odam bilan suhbat jarayonida o'z yoshligining, husnining qudratini va bu bir kuni o'tib ketishidan keyingi alamni anglaydi. Shunda qattiq larzaga keladi, o'zi qarib boraversa-yu, uning portreti doim shunday navqiron bo'lib qolsa. Nohaqlik. Qani edi qismat boshimga sola-digan butun kechmishlar shu rasmga ta'sir etsa, u qarisa, xunuklashsa-yu, men abadiy shunday bo'lib qolsam, deb niyat qiladi. Bu amalga oshadimi. Dorian hayotidagi birinchi xatosi - shafqatsizligidan keyin suratdagi qiyofasi o'zgarganini ko'radi. Shu kundan boshlab yigitning ruhiyati tubanlashgandan tuban-lashib boradi va bu suratda aks etadi. Hech kim ko'rmasligi uchun portretni yashirib qo'yadi. Bunda ramziylik bor. Xuddi biz qalbimizni, o'y-xayollarni, asl qiyofa-mizni yashirgangay, buni boshqalar bilib qolishidan qo'rqqanimizday. Dorianning bu portreti o'z vijdonini ku-zatish uchun bir imkon ham edi. Chunki odam o'zining tubanlashuvini doim ham sezmaydi, sezsa ham dan olmaydi, o'zini o'zi oldida oqlaydi. Uning har qilmishi suratdagi qiyofasida aks etardi. Aks etardi-yu, odam-lar bundan bexabar qolaverardi. Jazosisz qolgan jinoyatlar esa davom etaveradi. Biz Xudodan gunohlarimizni kechir deb emas, ularga jazo ber deb duo qilishimiz kerak. Bo'lmasa butun umr o'zimizni aldab yura-verib, qalbimizni-da boy berib qo'yamiz. «Dunyoni boshiga ursinmi inson, Boy berib qo'ysa gar butun qalbini...»
Xususiyatlari
- Til
- O'zbek
- Nashriyot
- Zabarjad Media
- Nashr joyi
- Toshkent
- Sahifalar soni
- 336
- Adadi
- 2000
- ISBN
- 9789943584198
- Asarning yaratilgan yili
- 2023