Kitobxonlar tanlovi

DAHSHATLI MESHPOLVON

O'zbekning dono baxshi-lariga shogird tushib, ushbu dostonga qo'l urdim. Yazuvchidan Meshpolvon to'g'risida oltiariqliklar juda koʻp hangomalar aytib yurishadi. Bularni eshitmabsiz, dunyoga kelmabsiz. Lekin, shunisiyam borki, uning g'aroyib kechinmalarini birov undoq ta'riflasa, boshqa-si: «Yo'q, aslida bundoq boʻlgan», deydi. Menimcha, ertakchilarning hammasiyam haq. Chunki, zigʻirdekkina haqiqatdan tugʻilgan qissanamo bu choʻpchak asrlar davomida ogʻizdan-ogʻizga oʻtib, keng ildizlayvergan, har bir ota-ona oʻgʻil-qiziga oʻzidan qittak qoʻshib soʻzlayvergan. Ahvol shunday boʻlgandan keyin, endi borini ortiqcha yashirmay, yoʻgʻini loflab oshirmay, sizlarga oʻrtachasini hikoya qilib berganim tuzuk.

0 ta kitobxon bu asarni saqlab qo‘yishgan
0 ta kitobxon bu asarni o‘qib qaytargan
Til
O'zbek
Nashriyot
Adabiyot uchqunlari
Nashr joyi
Toshkent
Sahifalar soni
216
Adadi
5000
ISBN
9789943525771
Asarning yaratilgan yili
2018