BOLALAR BOG'CHASIDA APPLIKATSIYA
QADRLI OTA-ONALAR VA BOG'CHA TARBIYACHILARI! Siz va bog'changizda tarbiyalanayotgan bolala- ringiz uchun «Bolalar bog'chasida applikatsiya» turkumi (seriyada)da bir necha qismdan iborat kitoblar tayyorladik. Bu kitoblar 4—7 yoshdagi bolalar uchun mo'ljallangan bo'lib, applikatsiya to'g'risida dastlabki ko'nikma va malakalar hosil qilishga yordam beradi. Applikatsiya bu rangli qog'oz (charm, gazlama) bo'laklarini asosga yopishtirib, bezak hosil qilishdir. Applikatsiya mang'ulotni bolani rangni va uning nomini bilib olishga, geometrik shakllarni bir-biridan ajratishga o'rgatadi. Mashg'ulotlar davomida bolaga katta- kichik, uzun-qisqa, ingichka-g'o'n kabi tushunchalar beriladi. Bolalar uchi to'mtoq qaychi bilan qog'ozni kesishni, kesilgan bo'lakka yelim suritib, uni tegishli joyga yopishtirishni o'rganadilar. Bu ishlar bolaning mayda qo'l muskullarini rivojlantiradi va kelgusida murakkab qo'l ishlarini bajarishga zamin hozirladi. Ijodda vazifalar oddiyddan murakkabga tamoyili asosida berilgan. Kichik yoshdagi bolalarga geometrik shakllardan buyum yasash (uycha, qayiq, mashina kabi) mos keladi. Dastlabki vaqtda tayyor kesilgan shakllarni asosga yopishtirish o'rgatiladi. Shakliga va rangiga ko'ra geometrik shakllarni navbatma-navbat qo'yish bilan yaxlit naqsh hosil qilish ishlari bolaning ijodiy qobiliyatini shakllantiradi. Olti — yetti yoshli bolalar bilan sujetli applikatsiyalar bajarish mumkin. Ish tugaqach bolaning ishini albatta baholash kerak. Odadda, bu baholar ijobiy bo'ladi. Maqtov bolani yanada yaxshiroq ishlashga, ishni toza, saranjon bajarishga undaydi. Ushbu kitob bolalaringiz bilan hamkorlikda rangli qog'ozdan applikatsiya yasash ishlarida yordam beradi, deb umid qilamiz.
