BAXTSİZ KUYOV
BAXTSİZ KUYOV
Kitobxonlar tanlovi

BAXTSİZ KUYOV

Abdulla Qodiriy yozuvchi, shoir, tarjimon, dramaturg. XX asr o'zbek adabiyotining ulkan namoyandalaridan biri hisoblanadi. Adib taraqqiyparvar ziyolilar qatorida turib millat taqdiri ustida astoydil qayg'uradi, najot yo'lini esa adabiyotda ko'rgani bois milliy ruhdagi asarlar yaratishga kirishadi. Abdulla Qodiriy qalamiga mansub «O'tkan kunlar» asari o'zbek adabiyotidagi ilk romandir. Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon» kabi ko'plab asarlari Sharq va Yevropa mamlakatlarida e'tirof etilgan. Abdulla Qodiriy «Mushtum» jurnalining asoschisi hamdir. Jurnaldağı adabiy faoliyati davomida yozgan hajviya va felyetonlari doimo e'tibor markazida bo'lgan. Ushbu kitobdan adibning mazmundor hikoyalari hamda qator felyetonlari o'rin olgan.

Xususiyatlari

Til
O'zbek
Nashriyot
Yoshlar matbuoti
Nashr joyi
Toshkent
Sahifalar soni
208
Adadi
2000
ISBN
9789910921162
Asarning yaratilgan yili
2024